Описание

Bor ekan, yo‘q ekan, bir zamonda bir kishi bo‘lgan ekan. Boy ham, kambag‘al ham emas ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan, uchovi ham o‘qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o‘zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. To‘ng‘ichi yigirma bir yoshda, o‘rtanchasi o‘n sakkiz yoshda, kenjasi o‘n olti yoshda ekan. Otasi bir kuni ularni oldiga chaqirib, har birining peshanasini silab: O‘g‘illarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi, mendan ortiq narsa umid qilib o‘tirmanglar, o‘zimdan keyin baxtsiz bo‘lib qolmanglar deb, sizlarni o‘qitdim. Yaxshi ot qo‘ydim. To‘y qildim, voyaga yetkazdim. Buning ustiga sizlarni yana uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog‘lom vujudli qilib o‘stirdim, quvvatli bo‘ldingiz. Ikkinchidan, yarog‘ bilan tanishtirdim – yarog‘ ishlatishga usta bo‘ldingiz. Uchinchidan, qo‘rqitmay o‘stirdim, qo‘rqoq bo‘lmay botir bo‘ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmangiar. To‘g‘ri bo‘ling, bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang, xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz. Bundan boshqasini o‘zingiz biling. Qora toyni, saman toyni, ko‘k toyni asbob-anjomlari bilan tayyorlab qo‘ydim. Xurjunlaringizni bir haftalik ovqat bilan to‘lg‘izdim. Baxtingiz yo‘lda, topib olmoq uchun dunyoni ko‘rgani yo‘lga chiqing, dunyoni tanimay dunyo kishisi bo‘lmaysiz. Baxt qushini ushlamoq uchun baxt oviga chiqing. Xayr o‘g‘illarim, deb turib ketdi…

О книге

ИздательствоSHARQ
Год издания2023
Языкuz
ФорматыFB2.ZIP, TXT, TXT.ZIP, RTF.ZIP, A4.PDF, A6.PDF, MOBI.PRC, EPUB, IOS.EPUB, FB3
Возрастное ограничение0

Частые вопросы

О чём книга «UCH OG‘AYNI BOTIRLAR»?
«UCH OG‘AYNI BOTIRLAR» — это книги для детей. Bor ekan, yo‘q ekan, bir zamonda bir kishi bo‘lgan ekan. Boy ham, kambag‘al ham emas ekan. Uning uchta o‘g‘li bor ekan, uchovi ham o‘qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o‘zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan…
Где читать или купить «UCH OG‘AYNI BOTIRLAR»?
Книгу можно читать или купить у партнёра ЛитРес (эл. книга). Цена у партнёра — 223 ₽. Переход — по кнопке в блоке «Где читать или купить».
Что почитать похожее на «UCH OG‘AYNI BOTIRLAR»?
Близкие по теме книги: «Робин Гуд», «Загадки», «Небылицы. Потешки. Пословицы и поговорки. Скороговорки. Считалки». Полный список — в блоке «Похожие книги».
{# Метрика грузится только после opt-in (см. metrica.js). noscript-пиксель НЕ добавляем: без JS нет согласия → нельзя грузить аналитику. #}